Peres: «Negreyra ishi»da ishtirok etgan hakamlar hali ham faoliyatini davom ettirmoqda»

«Real» prezidenti Florentino Peres «Negreyra ishi»ga yana bir bor izoh berdi. O‘z vaqtida «Barselona» hakamlar texnik qo‘mitasi vise-prezidentiga pul o‘tkazgan. Kataloniya klubi maydondagi qarorlar uchun emas, hakamlar hisoboti uchun pul to‘laganini da’vo qildi.

«Barselona»ning to‘rtta prezidenti 17 yil davomida hakamlar qo‘mitasi vise-prezidentiga ko‘p millionli to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlagan. Qo‘mitaning hozirgi rahbari Fran Soto sahifani ochib, «Negreyra ishi»ni unutishimizni iltimos qildi. Uni kim ham unuta olardi?

Haqiqat shundaki, «Negreyra ishi»da ishtirok etgan hakamlarning aksariyati hali ham faoliyatini davom ettirmoqda. Bu holat ularga neytral harakat qilish imkonini bermayapti,» – deya Peresning so‘zlarini keltiradi Marca.

«Real» yakshanba kuni La Liga doirasida «Elche» mehmoni bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter