«Barselona» sobiq futbolchisi bilan noxush hodisa yuz berdi

Hujumkor yarim himoyachi Karles Peres yaqinda «Selta»dan Gresiyaning «Aris» jamoasiga ijara asosida o‘tdi. Salonikida 27 yoshli futbolchi bilan noxush hodisa yuz berdi. Peres itini sayr qildirayotganda, to‘satdan boshqa it uning itiga tashlandi. Karles aralashmoqchi bo‘lganida, jinsiy a’zolari sohasidan og‘riqli tishlab olindi.

Peres kasalxonaga yotqizildi, biroq tez orada uyda davolanishga yuborildi. Shifokorlar futbolchining sog‘ayishini nazorat qilib borishadi. AS nashrining yozishicha, Karlesning ahvoli og‘ir ekani haqidagi dastlabki xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

2012 yilda Karles Peres «Barselona»ning yoshlar jamoasiga qo‘shildi. U «Roma»ga o‘tishidan oldin Kataloniya klubida sakkiz yil o‘ynadi. «Ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida Peres 13 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter