Tebas: «Bu keskinliklarga Negreyra ishi sabab bo‘ldi»
La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Barselona» prezidenti Joan Laportaning chempionlik haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
Oldinroq Laporta hakamlikni tanqid qilib, «Barsa» bu masalani tahlil qilayotganini va ularning raqiblari hakamlik qarorlaridan foyda ko‘rgan bir qator holatlar borligini aytdi.
“La Liga sistemasi buzilmagan. Laporta ham, Xavi ham bunday fikrda emas. Ammo biz hakamlik bilan bog‘liq juda katta va misli ko‘rilmagan keskinlik davrini boshdan kechirmoqdamiz.
Madrid va Barselona gazetalarida mojaro haqida o‘qiganingizda, bitta o‘yin haqida ikki xil fikr bor.
Biz juda ko‘p bahs-munozaralar va juda ko‘p keskinliklarni boshdan kechiramiz va shuning uchun men bunga alohida e’tibor beraman. Bu keskinliklarga ispan futboli uchun eng yomon narsa bo‘lgan Negreyra ishi sabab bo‘layotgani ham haqiqat.
Lekin «Barsa»ni La Liga xaqiqatan ham vayron qilgan deb o‘ylamayman. Tanglik yuqori va bu meni xavotirga solmoqda», – deya Tebasning so‘zlarini keltiradi Marca.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/