Florentino Peres Superligaga 50-60 ta jamoani jalb qilmoqchi

Florentino Peres klublarni Yevropa Superligasiga jalb qilish ustida ishlamoqda.

Vozpopuli xabariga ko‘ra, «Real Madrid» prezidenti allaqachon 50-60 jamoa bilan aloqada bo‘lgan va ular birgalikda yangi musobaqaning ikkita yoki, ehtimol, uchta bo‘limini tashkil qilishi mumkin.

Uchrashuvlar Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va konferensiya ligasi kunlarida o‘tkaziladi.

Kutilishicha, Yevropa sudi UEFA – Superliga ishi bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qilganidan keyin (21 dekabr) klublar Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqining xalqaro musobaqalar tizimida qolish yoki yangi loyihaga qo‘shilish masalasini tanlashi kerak bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter