«Aston Villa» futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
«Aston Villa» jamoa etakchisi bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi.
«Birmingem sherlari» saytida Morgan Roljers 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan. Uning avvalgi shartnomasi 2029/30-yilgi mavsum oxirigacha amal qilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli hujumkor yarim himoyachining maoshi sezilarli darajada oshadi.
Eslatib o‘tamiz, «villanlar» Rodjersni 2024 yilning qishida «Midlsbro»dan 10 million yevroga sotib olgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
