«Aston Villa» o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
«Aston Villa» o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi bilan shartnoma uzaytirilgani haqida e’lon qildi.
Bubakar Kamara keyingi besh mavsum uchun – 2030 yil o‘rtalarigacha mzljallangan shartnoma imzoladi. Kamara 2022 yilning yozida «Marsel»dan transfer qilinganidan keyin «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelmoqda.
O‘shandan beri futbolchi 97 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urgan va jamoadoshlariga ikkita golli uzatma bergan. «Aston Villa» so‘nggi Angliya chempionatini turnir jadvalida oltinchi o‘rinda yakunladi. 2025/2026 yilgi mavsumda Unai Emeri jamoasi Yevropa ligasida mamlakat sharafini himoya qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/