«Tottenxem» Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun katta pul taklif qilishga tayyor edi.
«Tottenxem» «Aston Villa» yarimhimoyachisi Morgan Rodjersni o‘z safiga qo‘shib olishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘tgan yozda «shporlar» «villanlar» yulduzi uchun «aqldan ozgan» miqdorda pul to‘lashga tayyor edi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Birmingem klubi rahbariyati bunga rad javobini berdi. Ayni paytda «Aston Villa» 23 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish ustida faol ish olib bormoqda. Morgan Rodjersning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi – 65 mln yevro.
Angliya terma jamoasi xavbekiga «Chelsi,» «Liverpul,» «Arsenal» va Angliya premyer-ligasining boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
