“Aston Villa” Rojers uchun yangi taklif bilan chiqdi

“Midlsbro” hujumchisi Morgan Rojers faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishi mumkin.

Avvalroq 21 yoshli vinger Birmingem jamoasining asosiy maqsadi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Aston Villa» «Midlsbro»ga uchinchi yaxshilangan taklifni yuborgan.

Manbaga ko‘ra, transfer summasi taxminan 17,5 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Qayd etilishicha, “Aston Villa” yangi hafta boshida shartnomani yopmoqchi.

Joriy mavsumda Rojers barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 33 ta uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter