APL klubi Maynuga o‘yin amaliyotini kafolatladi
Londonning «Vest Xem» klubi «Manchester Yunayted» xavbeki Kobbi Maynuni ijaraga olishga tayyor.
«Bolg‘achilar» 20 yoshli ingliz uchun o‘yin amaliyotini kafolatladi. Maynu tezroq jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Kobbi joriy mavsumda mankunianliklar safida jami 8 ta o‘yinda 1 ta assist berdi. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
