Ferdinand: «Nima uchun «Everton»ga qarshi o‘yinda Maynuga eng yaxshi futbolchisi sovrinini berishmaganini tushunmayapman»

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand nima uchun yarim himoyachi Kobbi Maynuga «Everton»ga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrini berilmaganini tushunmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli yarim himoyachi 72 daqiqani maydonda o‘tkazdi va jamoasining mehmonda 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Maynu birinchi marta Premyer-liga o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

«Nega Maynu «Everton»ga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritmaganini tushunmayapman. 18 yoshli futbolchining bunday o‘yin ko‘rsatishi juda kam uchraydi, ayniqsa yarim himoyada. Bundan tashqari, Kobbi buni «Gudison Park»da qildi. Bu aql bovar qilmaydigan o‘yin bo‘ldi», – dedi Ferdinand Centre Devils bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter