«Manchester Yunayted» Maynuga borasida qaror qabul qildi
«Manchester Yunayted» jamoaning iqtidorli xavbeki Kobbi Maynuning kelajagini aniqlab oldi. Football Insider nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «qizil iblislar» rahbariyati 20 yoshli futbolchi bilan yanvar oyida xayrlashishga tayyor.
O‘tgan yozda mankunianliklar futbolchiga o‘rinbosar topa olmagani uchun uni qo‘yib yubormagan edi. Kobbiga Angliyaning boshqa bir klubi – «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi ikkita baxsda qatnashib, gol ura olmadi. «Manchester Yunayted» 4 turdan so‘ng Premyer-liga turnir jadvalida atigi 14-o‘rinda bormoqda.
Ruben Amorim shogirdlari keyingi turda o‘z maydonida Londonning «Chelsi» klubiga qarshi bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/