Lukakuning qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku shu hafta oxirida jamoa safiga qaytadi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marsio o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarlik boshlanganidan beri maydonga tushmadi. Hujumchi 14 avgust kuni «Olimpiakos»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mushaklaridan jarohat olgan edi.
Lukaku 2024 yilning yozida «Chelsi»dan 30 million yevro evaziga «Napoli»ga o‘tgandi. O‘tgan mavsumda futbolchi 14 ta gol urib, A Seriyada jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
