«Chelsi» Lukakuning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

«Chelsi» hujumchisi Romelu Lukakuning kelajagi yaqin orada hal bo‘lishi kerak.

Belgiyalik futbolchi «ko‘klar» bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor emas va klub uni sotishga tayyor. Asosiy da’vogar «Yuventus» bo‘lib qolmoqda, ammo u hali transfer shartlari bo‘yicha kelishmagan. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Chelsi» hozirda Lukaku uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Agar kelasi haftagacha muqobil yechim topilmasa, “aristokratlar” asosiy e’tiborni “Yuventus” bilan 30 yoshli hujumchini Dushan Vlaxovichga almashtirish bo‘yicha muzokaralarga qaratishadi.

Romelu Lukakuning o‘zi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Turin klubiga o‘tishga rozi bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter