Lukakuning pokeri uchun 20 daqiqa kifoya qildi

Romelu Lukaku Yevro-2024 saralashida gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Ozarbayjonga qarshi o‘yinning 1-bo‘limida (4:0, tanaffus) poker qad etdi. Romelu o‘z gollarini 17, 26, 30, 37-daqiqada kiritdi.

Joriy saralash bosqichida Lukaku 14 ta gol urdi va 10 ta gol urgan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, saralash bosqichi to‘purarlari ro‘yxatida yana yaqqol birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter