«Napoli» Lukaku borasida «Chelsi» bilan bog‘landi

«Napoli» «Chelsi» bilan bog‘lanib, Romelu Lukaku transferini muhokama qildi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Neapol klubi 31 yoshli belgiyalik hujumchini sotib olish shartlari bo‘yicha «Chelsi»ga birinchi so‘rovni yuborgan.

Lukaku «Napoli»ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte bilan yaqin munosabatlarga ega. Uning qo‘l ostida belgiyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda «Inter» bilan A Seriyada g‘alaba qozongan.

Klub Lukakuni ijaraga olmoqchi, ammo «Chelsi» belgiyalik futbolchini qatorasiga uchinchi mavsum ijaraga bermoqchi emas.

Lukakuni 115 million yevroga sotib olgan “Chelsi” forvard uchun 45 million yevro olmoqchi. Lukakuning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Lukaku «Roma»da ijara asosida o‘ynagan va 47 uchrashuvda 21 gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter