Spalletti «Yuventus»da qachon ish boshlashi ma’lum bo‘ldi
«Yuventus» tez orada Luchano Spalletti bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qiladi.
Turinliklar 66 yoshli mutaxassis bilan kelishib olishgan va bugunoq kelishuv rasmiylashtirilishi kerak. Murabbiyning shartnomasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, agar u Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, shartnomani 2027 yil yozigacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Spalletti payshanba kuni ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. Murabbiy boshchiligidagi jamoaning debyut uchrashuvi shanba kuni bo‘lib o‘tadi – raqib «Kremoneze» bo‘ladi.
«Yuventus»ning sobiq ustozi Igor Tudor kuni kecha ishonchsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
