Spaletti Italiya terma jamoasidan ketishga intilmoqda

Luchano Spaletti Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishga yaqin turibdi.

Insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy iste’foga chiqishga intilmoqda.

“Napoli” va “Zenit”ning sobiq ustozi qaroriga 2026 yilgi jahon chempionati saralashi 3-turda Norvegiyadan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganligi ta’sir ko‘rsatdi.

Agar Luchano ketsa, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar Stefano Pioli va Klaudio Raneri bo‘lishi avvalroq xabar qilingandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter