«Shanxay Shenxua» yangi murabbiyini e’lon qildi
Xitoyning «Shanxay Shenxua» futbol klubi Leonid Sluskiy bosh murabbiy etib tayinlanganini elon qildi.
52 yoshli rossiyalik mutaxassis bilan shartnoma 2024 yilning 1 yanvaridan boshlanadi.
Leonid Sluskiy 52 yoshda va Rossiya futbol ittifoqi terma jamoalar qo‘mitasi a’zosi. U murabbiylik faoliyatini 1993 yilda Volgogradning «Olimpiya» klubida boshlagan va 2000 yilgacha shu yerda ishlagan.
2001-2003 yillarda «Ural»ning zaxira jamoasida, 2003-2004 yillarda esa asosiy jamoasida ishlagan.
2005 yildan 2007 yilgacha u «Moskva» klubini boshqargan va u bilan Rossiya kubogi finaliga qadar etib borgan. 2008-2009 yillarda Samaraning «Krilya Sovetov» klubi bosh murabbiyi bo‘lgan.
«Shanxay Shenxua» 1993 yilda tashkil etilgan. Klub Xitoy Superligasida o‘ynaydi. O‘tgan mamlakat chempionatida jamoa 52 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.
«Shanxay Shenxua» o‘z tarixida bir marta Xitoy chempionati (1995) va bir marta Xitoy kubogi (1998) sohibi bo‘lgan, shuningdek, uch marta (1996, 1999, 2002) Superkubokni qo‘lga kiritgan va bir marta (2007) Sharqiy Osiyo chempioni bo‘lgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/