Pochettino yana APL klubida ish boshlashi mumkin

«Chelsi» va «Tottenxem» klublarining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLga qaytishi mumkin. Argentinalik mutaxassisni «Nyukasl» bosh murabbiylikka taklif qilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Mirror.

Agar amaldagi bosh murabbiy Eddi Xau jamoani tark etsa, «Qarg‘alar» Pochettinoga taklif bilan chiqishadi. Mutaxassis Garet Sautgeyt ketganidan so‘ng bosh murabbiysiz qolgan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga jalb qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino 2024 yilning may oyida «Chelsi»dan iste’foga chiqarilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter