«Arsenal»ning sobiq futbolchisi: «Arsenal» turnir jadvalidagi yetakchilikni yo‘qotmasligi kerak»

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb jamoaning bu mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

To‘qqizta o‘yindan so‘ng, «kanonirlar» Premyer-liga turnir jadvalida 22 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

«Arsenal» turnir jadvalidagi yetakchilikni yo‘qotmasligi kerak. Ular oldingi ikki mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritishga tayyor edilar, shunchaki biroz ortda qolishdi.

Raqiblari eng yuqori cho‘qqisida edilar va «kanonirlar» ham bir xil darajada yaxshi edi», dedi Gleb.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter