Sulsher: «Manchester Yunayted»ning turnir jadvalidagi o‘rnini ko‘rish og‘ir»
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi afsonasi Ole-Gunnar Sulsher klubdagi voqealarga munosabatini izohladi.
«Manchester Yunayted» – mening oilam, u har doim mening bir qismim bo‘ladi. Uning kurashayotganini ko‘rish menga og‘ir. Dam olish kunlaridan keyin turnir jadvaliga qarash oson emas,» – deya uning so‘zlarini keltiradi BBC.
Ayni vaqtda «MYU» 39 ochko bilan APL turnir jadvalida o‘n beshinchi o‘rinda bormoqda va yarim finalning dastlabki bahsida Bilbaoning «Atletik» klubi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, Yevropa Ligasi finaliga yo‘llanmani deyarli naqd qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/