Sobiq futbolchi: «Real Madrid» haqli ravishda g‘alaba qozondi»
«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi Migel Palensiya yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan «el-klasiko»ni sarhisob qildi.
«Real Madrid haqli ravishda g‘alaba qozondi. Ular deyarli butun o‘yin davomida kuchliroq jamoa bo‘lishdi. Alonso ajoyib ish qildi va «Barselona»ga o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga imkon bermadi.
O‘yinchilar nihoyat bosh murabbiy ulardan nimani xohlashini tushunib yetganlarida, «Real Madrid» yanada kuchliroq ko‘rindi», dedi Palensiya.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
