Xummels: «O‘tgan yili bizni mentalitetimiz uchun haqli ravishda tanqid qilishdi»

«Borussiya» (Dortmund) himoyachisi Mats Xummels Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasidagi «Milan» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.

“O‘ylashimcha, biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, lekin birinchi bo‘limda hujumda unchalik yaxshi bo‘lmaganmiz. Gregor boshidanoq penaltidan to‘pni qaytardi. O‘shanda to‘pga egalik qilgan holda stadionni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldik. Bu haqli g‘alaba edi.

Jamoa mentaliteti? O‘tgan yili bizni mentalitetimiz uchun haqli ravishda tanqid qilishdi. Lekin, menimcha, bu mavsumda katta ish qilishimiz shart emas. Hozir biz maydonda birga ishlashga tayyor jamoamiz», – dedi Xummels Kicker bilan suhbatda.

Beshinchi turdan so‘ng Dortmundliklar “F” guruhida 10 ochko bilan “PSJ” (7 ochko), “Nyukasl” (5 ochko) va “Milan” (5 ochko) jamoalarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Terzich shogirdlari guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini “PSJ”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 13 dekabr kuni «Signal Iduna Park»da bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter