«Tottenxem» ustozi: «Bude-Glimt»yarim finalga haqli ravishda yetib keldi»

«Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Anj Postekoglu YEL yarim final doirasida «Bude-Glimt» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bude-Glimt»yarim finalga haqli ravishda yetib keldi, ular «Lasio» va «Olimpiakos»dan o‘tib ketishdi, ular ikkita juda qiyin raqib edi. Biz norvegiyaliklarga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz va eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Patrik Bergning yo‘qligi ular uchun katta yo‘qotish, lekin menimcha, ularning kuchi birinchi navbatda individual futbolchilarda emas, balki jamoaviy o‘yinida. Ular so‘nggi besh yil ichida juda ko‘p o‘yinchilarni sotishdi, ammo yaxshi natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqdalar» – dedi Postekoglu UYEFA rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter