Ta – Germaniya terma jamoasining mag‘lubiyati haqida: «Biz haqli ravishda mag‘lub bo‘ldik»

Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jonatan Ta JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Slovakiyaga (0:2) qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi.

Yulian Nagelsmann jamoasi Bratislavaga uchrashuvning yaqqol favoriti maqomida keldi, ammo kutilmaganda slovaklarga yutqazdi. Gollarga 42 va 55-daqiqalarda David Gansko hamda David Streles mualliflik qildi.

«To‘pni juda oson yo‘qotdik, o‘yinni nazorat qila olmadik. Haqli mag‘lubiyat, bugun juda yomon o‘yin ko‘rsatdik. Bu biz intilayotgan narsa emasligi aniq. O‘yin tugashi bilanoq muvaffaqiyatsizlik sabablari haqida gapirish qiyin. Keyingi o‘yinda biz o‘zimizni ancha yaxshiroq ko‘rsatishga majburmiz,» – dedi Ta OAV bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter