Saloh “Liverpul” safida gol urmayotganiga bir oydan oshdi

Hujumchi Muhammad Saloh “Liverpul” safida bir oydan buyon gol urmayapti.

Misrlik vinger Angliya Premyer-ligasi 8-turida “Manchester Yunayted” (1:2)ga qarshi o‘yinni ham golsiz yakunladi.

Uning “qizillar” tarkibidagi so‘nggi goli 17 sentyabrda, so‘nggi golli uzatmasi esa 20 sentyabrda qayd etilgan edi. “Kristal Pelas” (1:2), “Galatasaroy” (0:1), “Chelsi” (1:2) va “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvlarda Saloh na gol urdi, na jamoadoshlariga assist berdi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter