Muhammad Saloh Xarri Keynga yetib oldi

«Liverpul» APLning 36-turida «Tottenxem»ni mag‘lub etdi – 4:2. Bahsda mersisaydliklar vingeri Muhammad Saloh gol va golli uzatma amalga oshirdi.

Misrlik futbolchi Premyer-ligada «Liverpul» – «Tottenxem» uchrashuvlarida eng yaxshi to‘purarlardan biri hisoblanadi. Uning hisobida 9 ta gol bor, bu «shporlar» sobiq hujumchisi Xarri Keyn bilan bir xil natija.

Bundan tashqari, Saloh barcha musobaqalarda “Tottenxem” darvozasiga 12 ta gol urgan. Birgina «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinlarda misrlik ko‘proq gol kiritgan – 14ta.

Muhammad Saloh «Liverpul»da 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter