Saloh shu hafta katta ehtimol bilan «Liverpul»ni tark etadi
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh shu hafta oxirigacha jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Yan Aag Fyotoftning yozishicha, misrlik futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Al-Ittihod» Muhammad Saloh uchun 150 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Futbolchining shartnomasi tugashiga ikki yil qoldi, shuning uchun «Liverpul» Salohni sotishi mumkin, chunki bir yildan so‘ng misrlikning narxi ancha past bo‘ladi.
«Al-Ittihod» safida Saloh shu yozda «Liverpul»ni tark etgan yarim himoyachi Fabinyo bilan yana uchrashishi mumkin. Bu jamoada Karim Benzema va N’Golo Kante kabi yulduzlar ham bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/