Van Basten – van Deyk haqida: «U jamoani orasidan yetaklay olmaydi»
O‘tmishda mashhur bo‘lgan niderlandiyalik futbolchi Marko van Basten «Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining asosiy kamchiligi yumshoq fe’l-atvori tufayli yetakchilik qobiliyatining yo‘qligidir.
«U fantastik o‘yinchi, ehtimol, dunyoning eng yaxshi himoyachisi. U bosh bilan o‘ynay oladi, u tezkor, baland bo‘yli va maydonni yaxshi ko‘radi. Ammo u jamoani ortidan ergashtiradigan yetakchi emas,» – dedi van Basten Ziggo Sport efirida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/