Kellexer: «Van Deyk ajoyib yetakchi»

Irlandiyalik «Liverpul» darvozaboni Kevin Kellexer mersisaydliklar sardori, himoyachi Virjil van Deyk haqida gapirdi.

“Van Deyk va Konate Liga kubogi finalida, zaxiradan maydonga tushgan Jarrell kabi ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Bunday himoyachilar bilan darvozabon o‘zini xotirjam his qiladi. Virjil – buyuk yetakchi va u bu mavsumda buni isbotladi. To‘g‘risini aytsam, ular mening ko‘z o‘ngimda o‘ynashayotgani ishimni ancha osonlashtiradi», – deya Kellexerning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter