«Liverpul» van Deyk bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishiga ishonmoqda

«Liverpul» o‘z sardori Virjil van Deyk bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishiga ishonmoqda.

Shu hafta Ispaniya matbuotida «An-Nasr» van Deyk vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, Virjilni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi himoyachisiga aylantirishga tayyor ekanliklarini bildirgani xabar qilingandi.

Van Deykning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi va niderlandiyalik futbolchi kelasi oy 33 yoshga to‘ladi.

Biroq, «Liverpul» van Deykning ketishidan xavotirda emas va qiziqish katta bo‘lgan yetakchisini sotishni rejalashtirmayapti. Saudiya Arabistoni varianti haqiqatan ham mavjud.

HITC nashri xabariga ko‘ra, «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot va «mersisaydliklar» klubidagi boshliqlar van Deykni «Enfild»da qolish muddatini uzaytirishga ko‘ndirishlariga ishonchlari komil. Virjil Yevro-2024dan qaytgach, muzokaralar stoliga taklif qilinadi.

Slot vatandoshi Van Deykning kelajak rejalarida muhim rol o‘ynashiga ishonadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter