Van Basten: «Umid qilamanki, Mbappe «Barselona»ga qarshi javob o‘yinida o‘zini ko‘rsata oladi»

Niderlandiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Marko van Basten «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi 1/4 finalida «Barselona»ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatishiga umid qilmoqda.

«Umid qilamanki, Mbappe “Barselona”ga qarshi javob o‘yinida o‘zini ko‘rsata oladi. Birinchi o‘yinda «PSJ» xuddi usiz o‘ynadi. Umid qilamanki, u mehmondagi o‘yinda o‘zgarishlarni amalga oshira oladi, chunki Kilian haqiqatan ham juda zo‘r», deydi Van Basten.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Kataloniyadagi «Olimpik» stadionida «Barselona» va «PSJ» klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter