Gyundogan: «Virs aybdor emas»
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ilkay Gyundogan «Liverpul»ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virs haqida fikr bildirdi.
«Enfild»ga ko‘chib o‘tganidan keyin 22 yoshli Virs muntazam ravishda tanqidga uchramoqda, chunki u hamma kutayotgan darajani ko‘rsata olmayapti.
«Bunday qimmat (125 mln yevro) bo‘lishida Floning aybi yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, odamlar undan ko‘p narsa kutishi aniq. Ammo Premyer-ligada hech bir futbolchi Flodek ko‘p vaziyat yaratmaganini o‘qigandim. Men golli uzatma va gollarga emas, chuqurroq tahlilni ko‘rishni istardim,» – deya Gyundoganning so‘zlarini keltiradi Transfer Sector.
Gyundoganning ta’kidlashicha, Virsning ajoyib fazilatlarini ko‘rmagan odam futbolda hech narsani tushunmaydi. U xavbekning samaradorligi yaqin bir oydayoq me’yoriga kelishiga ishonmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/