Flik Gyundogan ketishi haqida: “U «Barsa»ga yordam bermoqchi edi»
Xans-Diter Flik Ilkay Gyundoganning «Barselona»dan ketishi haqida gapirdi.
33 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Kataloniya klubida bir mavsum o‘tkazganidan so‘ng «Manchester Siti»ga qaytdi.
“Menga bu haqda allaqachon savol berilgan. Ilkay bizga yordam bermoqchi edi, lekin bu hafta fikrini o‘zgartirdi.
Men u haqida faqat yaxshi narsalarni aytishim mumkin. U fantastik futbolchi va inson”, – deydi “Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/