Deku Gyundogan bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilganini aytdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi sport direktori Deku klub va yarim himoyachi Ilkay Gyundogan o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro haqida gapirdi.

«Gyundogan bilan bog‘liq vaziyat kiyinish xonasida hal bo‘ldi. Hozir hammasi yaxshi. Muammo yo‘q”, — dedi Deku.

Eslatib o‘tamiz, Ilkay o‘tgan yozda erkin agent sifatida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgan edi. Gyundogan Kataloniya grandi bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter