Gyundogan Germaniya sardori bo‘lganiga munosabat bildirdi
Germaniya terma jamoasining yangi sardori Ilkay Gyundogan Xans-Diter Flikning qaroriga munosabat bildirdi.
«Men Germaniya terma jamoasining yangi sardori bo‘lishdan faxrlanaman», – deb yozadi «Barselona» yarim himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarida. Oldinroq jamoa bosh murabbiyi Gyundogan bu unvonni «Bavariya» futbolchisi Joshua Kimmix bilan bo‘lishishini ta’kidlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Ilkay 2011 yildan buyon milliy terma jamoa libosini kiyib, 67ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan. Sentyabrdagi yig‘inda nemislar Yaponiya va Fransiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/