Ta Mareskaning so‘zlariga qo‘shilmaydi

Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Jonatan Ta “Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareskaning so‘zlariga javob qaytardi.

Chorshanba kuni myunxenliklar Chempionlar ligasida «ko‘klar»ni 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar menejeri hakam Tani qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatishi kerakligini aytdi.

Futbolchining o‘zi bunga rozi emas.

«Agar Pedroning yuziga urgan bo‘lsam, ha, meni maydondan chetlatishlari kerak edi. Lekin yo‘q, men bunday qilmaganman.

Menimcha, hakamning unga sariq kartochka bergani to‘g‘ri bo‘ldi», – dedi nemis markaziy himoyachisi o‘yindan keyingi intervyuda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter