«Bavariya» Tuxel bilan qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan 7 ta sovrindan 1 tasini yutdi

Tomas Tuxel boshchiligidagi “Bavariya” yettita sovrindan faqat bittasini qo‘lga kiritdi.

Bugun jamoa Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun imkoniyatni boy berib, yarim finalning ikkita o‘yinida (umumiy hisob – 3:4) «Real»ga yutqazib qo‘ydi.

Oldinroq myunxenliklar Bundesliga chempionligini «Bayer»ga boy bergandi. Bungacha “Bavariya” ketma-ket 11 yil Germaniya chempioniga aylangandi.

2023 yil mart oyi oxirida bosh murabbiy etib tayinlangan Tomas Tuxel boshchiligida myunxenliklar qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan yetti sovrindan faqat bittasini yutishdi. O‘tgan mavsumda «Bavariya» so‘nggi turda Dortmundning «Borussiya»sini mag‘lub etishning uddasidan chiqib, Germaniya chempioniga aylangandi.

Shuningdek, Tuxel qo‘l ostida jamoa ikki marta Germaniya kubogidan chiqarib yuborilgan. Avgust oyida Germaniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda myunxenliklar “RB Leypsig”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:3). O‘tgan bahorda “Bavariya” Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Manchester Siti”ga umumiy hisobda (0:3, 1:1) mag‘lub bo‘lgan va chorak final bosqichidan chiqib ketgandi.

Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “Bavariya” oltita turnirda mag‘lub bo‘ldi va bittasida g‘alaba qozondi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter