«Bayer» markaziy himoyachisi tanlov qildi

«Bayer» markaziy himoyachisi Jonatan Ta kelasi yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.

27 yoshli futbolchiga «Bavariya» va Angliya premyer-ligasi vakillari qiziqish bildirmoqda, ammo transfer mavsum yakunlanganidan keyingina amalga oshishi mumkin.

Bild xabariga ko‘ra, Ta o‘zini «Bavariya»da emas, balki ingliz klublaridan birida sinab ko‘rishni afzal ko‘radi. Londonning “Vest Xem” klubi markaziy himoyachiga da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Jonatan Ta joriy mavsumda leverkuzenliklar safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter