«Bornmut» o‘z bosh murabbiyini «MYU»ga ketib qolishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas

«Bornmut» oktyabr oyida bosh murabbiy Andoni Iraola bilan muzokaralarni faollashtirish niyatida, deb xabar beradi Transfer News Live nashri.

«Bornmut» Iraolani bosh murabbiy sifatida saqlab qolishga qaror qildi. 43 yoshli ispaniyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. «Bornmut» ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

«Giloslar» so‘nggi to‘rtta o‘yinda mumkin bo‘lgan 12 ochkodan 9 ochko jamg‘argan. “Bornmut”ning navbatdagi o‘yini 21 sentyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida “Nyukasl”ga qarshi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «MYU» ushbu mutaxassisga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter