«Bornmut» ispaniyalik murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi
«Bornmut» o‘zining rasmiy sayti orqali bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Andoni Iraola 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan mehnat shartnomasini imzoladi.
Iraola o‘tgan yozda «Bornmut»ni qabul qilib olgandi. O‘shandan beri jamoa 43 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 17 g‘alaba, 9 durang va 17 mag‘lubiyatga uchradi. Mavsumning so‘nggi haftasiga qadam qo‘ygan «olchalar» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turishibdi.
Andoni Iraola mavsum yakunida eng yaxshilar uchun sovringa da’vogarlik qilayotgan Premyer-liganing besh nafar murabbiyidan biri hisoblanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/