Iraola hakamning qaroridan norozi
Andoni Iraolaning aytishicha, «Bornmut» Evanilsonning chetlatilishi bo‘yicha apellyasiya beradi.
APLning 34-turida “Bornmut” “Manchester Yunayted” bilan durang o‘ynadi (1:1). 70-daqiqada Evanilson Nussair Mazrauiga zarba bergani uchun maydondan chetlatildi – hakam Piter Benks dastlab forvardga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq videotakrorni ko‘rib chiqib, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga almashtirdi.
«Futbol o‘ynagan odam tushunadi. U sirpanib ketdi. U raqibni ataylab tepmadi, ammo buning oqibati qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va menimcha, qaror adolatsiz bo‘ldi. U yana uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Biz uchun oqibati katta yo‘qotish bo‘ldi.
Albatta, biz shikoyat qilamiz», – dedi “Bornmut” bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/