«Tottenxem» Postekogluni almashtiradi

Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy lavozimiga bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda teamtalk.com xabar bermoqda.

Amaldagi murabbiy Postekoglu chempionatdagi qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatish arafasida turibdi. Jamoa hozirda chempionat jadvalida o‘n beshinchi o‘rinni egallab turibdi, bu «shporlar» uchun 1994 yildan beri eng yomon natijadir.

Murabbiyning yevrokuboklarda o‘zini tiklashi uchun hali imkoniyat bor, uning jamoasi Yevropa ligasi javob uchrashuvida (birinchi o‘yinda 1:1) “Ayntraxt” bilan to‘qnash keladi.

«Tottenxem» «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola xizmatlariga juda qiziqmoqda, ammo «giloslar» rahbariyati uning ketib qolmasligi uchun hamma narsani qilishni rejalashtirmoqda. Postekoglu o‘rnini bosadigan boshqa variantlarga Marko Silva va Tomas Frank kiradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter