Tomiyasuni La Ligada kutishmoqda
Londonning «Arsenal» klubi bilan shartnomasi uzaytirilmaganidan keyin erkin agentga aylangan yaponiyalik himoyachi Takexiro Tomiyasu faoliyatini Ispaniyada davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga «Real Ovyedo» va «Real Sosyedad» klublari qiziqish bildirmoqda. Ikki jamoa ham mudofaa markazida o‘ynay oladigan yaponiyalikning universalligini juda yuqori baholaydi.
O‘tgan mavsumda futbolchi atigi 1 ta o‘yinda maydonga tushgan. Tizzasidagi jarohat sabab u juda ko‘p vaqtini lazaretda o‘tkazib yubordi. Bozor qiymati 15 million yevroga baholanayotgan Tomiyasu oktyabr oyining boshiga qadar maydonga tushishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/