«Arsenal»ning o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

O‘ng qanot himoyachisi Takexiro Tomiyasu muxlislar ovoziga ko‘ra oktyabr oyida «Arsenal»ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

24 yoshli futbolchi 64 foiz ovoz olib, Deklan Rays, Gabriel Jezus va Bukayo Sakani ortda qoldirdi.

O‘tgan oy Tomiyasu barcha turnirlarda beshta o‘yinda qatnashib, Premyer-liganing o‘ninchi turida «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yinda (5:0) bitta golli uzatmani amalga oshira oldi.

Eslatib o‘tamiz, yapon «kanonirlar» safida 2021 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter