«Arsenal» yaponiyalik himoyachisini saqlab qolishga qaror qildi

«Arsenal» himoyachi Takexiro Tomiyasuni jamoada saqlab qolish niyatida.

«Kanonirlar» yaponiyalikning maoshini oshirish bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yaqinlashmoqda, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

25 yoshli futbolchi yanvarda klubni tark etmaydi, u shubhasiz londonliklar rejalarining bir qismi.

Tomiyasu hozirda «Arsenal»dagi uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter