“Flamengo” vingeri jarimaga tortildi
Braziliyaning Sport bo‘yicha Oliy sudi “Flamengo” vingeri Bruno Anrikega nisbatan qaror chiqardi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi ataylab sariq kartochka olganlikda aybdor deb topildi, deb xabar beradi L’Equipe.
Manbaga ko‘ra, futbolchi kelishilgan o‘yinlarga aralashgani uchun taxminan 9425 yevro miqdorida jarimaga tortilgan va 12 o‘yinga diskvalifikasiya qilingan.
Shuningdek, uni 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosi kutmoqda. Braziliya Futbol Konfederasiyasining kuzatuv tizimi Bruno Anrikening akasi, qayni opasi va amakivachchasi o‘yindan bir kun oldin pul tikish saytida akkaunt ochgani va “Santos”ga qarshi o‘yinda sariq kartochka olgan “Flamengo” futbolchisiga muvaffaqiyatli pul tikishini aniqladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/