«Flamengo» «Beshiktosh»dan «Milan» futbolchisini tortib olmoqchi
Braziliyaning «Flamengo» klubi «Milan» himoyachisi Emerson Royal uchun kurashga qo‘shildi va uning Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga o‘tishini barbod qilishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Italiya va Turkiya klublari o‘rtasida futbolchini ijarasi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishilgan, biroq braziliyalik grand bu ishga aralashib, futbolchini o‘z vataniga olib ketishga tayyor. Endi qaror «Milan» va Emersonning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, klub «Beshiktosh» bilan dastlabki kelishuvlarni bajaradimi yoki «Flamengo» taklifini tanlaydimi, shuni hal qilishi kerak.
Qayd etilishicha, agar Emerson bilan kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, «Flamengo» himoyachi Uesli Frankni «Roma»ga qo‘yib yuborishga tayyor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/