«Flamengo» sardori Rossiyada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin
«Flamengo» klubi markaziy yarim himoyachisi Jerson faoliyatini «Zenit»da davom ettirishi mumkin. Vamo Futebol bu haqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli Jerson Rossiyaga ko‘chib o‘tishga tayyor. Xavbek «Zenit»ga o‘tgan taqdirda «Flamengo»dagiga nisbatan 4 barobar ko‘p maosh olishi kutilmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik futbolchi RPLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
2025 yilda Jerson barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/