«PSJ» UYEFA tomonidan jarimaga tortildi
UEFA nazorat-intizom organi (CEDB) «Inter»ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng «PSJ»ni 148 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
Uchrashuv 31 may kuni bo‘lib o‘tdi va 5:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi.
«PSJ» futbol maydoniga muxlislar chiqarib, mushakbozlik uyushtirgani uchun 100 ming yevro jarimaga tortildi. Ushbu qoidabuzarlik tufayli parijliklarga 2 yil sinov muddati bilan UEFA turnirlarining navbatdagi safar o‘yiniga o‘z muxlislariga chipta sotish shartli ravishda taqiqlandi.
Shuningdek, «PSJ» begona narsalarni uloqtirgani uchun 30 ming yevro, sport tadbirida nomaqbul xabar tarqatgani va UEFA obro‘siga putur yetkazgani uchun 10 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/